O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gaz ta’minoti tizimidagi islohotlar

2017-05-26 | Iqtisodiyot

2017-yil 20-aprelda davlatimiz rahbarining “Gaz ta’minoti tizimida bozor mexanizmlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qaror gaz ta’minoti tizimini samarali boshqarish va bozor mexanizmlarini keng joriy etish, sohani modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash uchun investitsiyalarni jalb qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan. 

Qarorga ko‘ra 2017-yilning 1-iyunidan boshlab, yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun qarzi mavjud bo‘lgan va tarmoqdan uzib qo‘yilgan iste’molchilar gaz ta’minoti tarmoqlariga qayta ulanishi uchun ulardan eng kam oylik ish haqining ikki barobari miqdorda to‘lov undiriladi. Shu bilan birga 2017-yilning 1-oktabridan boshlab tabiiy gazni hisoblash uskunalari bo‘lmagan maishiy iste’molchilarga tabiiy gaz yetkazib berish tabiiy gazga belgilangan tarif miqdorining ikki barobari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi. 

Maishiy iste’molchilarga tabiiy gazni hisoblash zamonaviy elektron uskunalarini xarid qilish va o‘rnatish «O‘ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasining shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu uskunalar qiymatini maishiy iste’molchilar bir yil ichida to‘laydilar.

Поделиться