O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Tojikiston vazirliklararo maslahatlashuvlariga doir
2017-05-26 | Siyosat
2017-yilning 24-25-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Tojikiston munosabatlari shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etish uchun Tojikiston Republikasi Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma-huquq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Parviz Sodiqiy boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga tashrif buyurdi.
Maslahatlashuvlar davomida O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasi inventarizatsiyadan o‘tkazildi, tomonlar ko‘rib chiqayotgan hujjatlarning loyihalari yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar chog‘ida xalqaro shartnomalarni tuzish va ularning bajarilishi borasida O‘zbekiston va Tojikiston qonun hujjatlaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ham ma’lumot almashildi.