O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O`zbekiston-Turkiya savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari bo`yicha Hukumatlararo komissiya yig`ilishiga oid

2017-05-25 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 25-may kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o`rtasida savdo-iqtisodiy masalalar bo`yicha Hukumatlararo Komissiya yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Komissiya yig`ilishi O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari R.Azimov va Turkiya Bosh vaziri o`rinbosari Yildirim Tugrul Turkesh boshchiligida o`tkazildi.

Shuningdek, tadbirda ikki mamlakatning taklif qilingan vazirlik, idoralar va tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq yig`ilish davomida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnika, turizm, transport, kommunikatsiya sohasida hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.

O`zining chiqish so`zida Turkiya delegatsiyasi rahbari Y.Turkesh “Bizning xalqlarimiz ko`p asrlik tarix, umumiy til, an’analar, o`xshash udumlari bilan mushtarakdir. Turkiya-O`zbekiston hamkorligining samaradorligi umumiy manfaatlar va barcha yo`nalishlar bo`yicha faoliyat yuritishda aniq siyosiy mustahkamlik mavjudligi tomonidan juda o`xshashligidadir” deya ta’kidladi.

Shuningdek, 2016 yil noyabr oyida Samarqandda va 2017 yil Pekinda oliy darajada bo’lib o`tgan muzokaralar o`zbek-turk munosabatlarida yangi sahifa ochdi. Komissiyaning navbatdagi yig`ilishini o`tkazish uzoq davr mobaynidagi tanaffusdan so`ng oliy darajada erishilgan kelishuvlarning bajarilishida qo`yilgan ilk amaliy qadam deb baholandi.

Y.Tukesh sohalarning diversifikatsiyasi va sanoat modernizatsiyasiga qaratilgan O`zbekistondagi iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berdi va muvoffaqiyatli biznes yuritishda yaratilgan qulay investitsiyaviy iqlimga alohida to`xtalib o`tdi.

Komissiya yig`ilishi so`ngida ikki yoqlama ko`p qirrali hamkorlikni kelajakda rivojlantirish bo`yicha aniq va muhim kelishuvlarga erishildi.

Aynan, savdo sohasida tomonlar kelayotgan yilda ikki mamlakatda ham talabgor bo`lgan o`zaro keng nomenklaturali mahsulotlarni yetkazib berishda ikki yoqlama savdo hajmini bir necha marotaba kengaytirishga kelishib oldilar.

Asosiy e`tibor o`zaro manfaatli va uzoq muddatli bo`lgan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Aynan ushbu sohada hamkorlikning asosiy yo`nalishlari aniqlanib olindi. Yetakchi Turkiya kompaniyalari bilan elektrotexnika,oziq-ovqat, tekstil, charm-poyafzal, farmatsevtika mahsulotlari, zamonaviy qurilish mollari, xalq iste`moli mahsulotlari va boshqa sohalarda ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish bo`yicha loyihalardir.

Hamkorlikning boshqa ustuvor yo`nalishi sifatida turizm sohasi belgilandi. O`zbekistonning tarixiy shaharlarida zamonaviy mehmonxona kompleksi, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, turizm sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash borasida yetakchi Turkiya kompaniyalari bilan strategik hamkorlkini yo`lga qo`yishga kelishib olindi.

Yig`ilish yakuniga ko`ra tadbir doirasida ko`rib chiqilgan, ikki yoqlama o`zaro hamkorlik yo`nalishlari va masalalari kiritilgan Protokol imzolandi.

Ma’lumot uchun: Bugungi kungacha Komissiyaning 3 ta yig`ilishi bo`lib o`tgan. Oxirgisi 2008 yil Anqara shahrida bo`lib o`tgan edi.

Turkiya O`zbekistonning eng yirik savdo hamkorlaridan hisoblanadi. 2016 yil natijalariga ko`ra mamlakatlar o`rtasidagi savdo aylanmasi 1,2 mlrd.dollarni tashkil etdi.

Ayni vaqtda O`zbekiston Respublikasida Turkiya kapitali ishtirokida 441 ta korxona faoliyat yuritmoqda shu jumladan, 94 ta qo`shma korxona 100% turkiya kapitali asosida ishlamoqda.

Tashqi savdo vazirligi

matbuot xizmati

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться