O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Mehnat vazirligida Yevroparlament delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2017-05-25 | Jamiyat

2017 yil 23 may kuni Mehnat vaziri A.Abduxakimov Yevropa parlamentining Inson huquqlari bo‘yicha kichik qo‘mitasi delegatsiyasi vakillari janob Yozef Vaydenxolser, janob Yoaxim Seller, janob Klaus Byuxner, shunindek Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi janob Eduards Stiprays va ularga hamrohlik qilayotganlarni qabul qildi.

Uchrashuvda ishchilar xuquq va manfaatlarini, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar bandligini ta’minlash, noqonuniy mehnat migratsiyasi, majburiy va bolalar mehnatini oldini olish masalalari hamda ishchilar xuquqlarini himoya qilishda Kasaba uyushmalarining muhim roli muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida mehnat vaziri Yevroparlament delegatsiyasini O‘zbekiston mehnat bozorining holati, aholi, ayniqsa mehnat bozoriga birinchi marotaba kirib kelayotgan kollej va OTM bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan batafsil tanishtirdi.

A.Abduxakimov bugun mamlakatning barcha sohalarida ko‘lamli o‘zgarishlar kechayotganligi, respublika Prezidenti tashabbusi bilan investitsiya jalb qilishga va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiluvchi sud tizimi, xuquqni muhofaza qilish va mahalliy davlat organlari, iqtisodiyotni liberallashtirishni nazarda tutuvchi 2017 – 2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinganligini qayd etdi.

Uchrashuvda Kasaba uyushmalarining mustaqilligi ishchilar xuquq va manfaatlarini himoya qilishda kafolat bo‘lishi bildirildi va O‘zbekistonda ijtimoiy hamkorlar bilan munosib mehnat bo‘yicha Davlat dasturi amalga oshirilayotganligi, XMTning ratifikatsiya qilingan konvetsiyalarini amaliy hayotga tadbiq qilish va ularning yana bir nechtasini ratifikatsiya qilish bo‘yicha faol ishlar olib borilayotganligi bildirildi.

Mehnat vazirligi rahbari o‘tgan yillarda hukumat XMT, Jaxon banki va NNTlar bilan hamkorlikda bolalar va majburiy mehnatning jamiyatda “nomaqbul holat” sifatida tan olinganligini va bugun XMT hamda Jaxon banki bilan hamkorlikda bolalar va majburiy mehnat qonunga xilof va jinoyat ekanligini tushuntirishga qaratilgan keng miqyosdagi ishlar olib borilayotganligini qayd etdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari mamlakatda nogironlarni ish bilan ta’minlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan ishlar bilan tanishtirildi.

Delegatsiya vakillari barcha sohalarda ro‘y berayotgan islohotlar xayratga sozovorligi va respublikada katta o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi bildirilib, ikki tomon o‘rtasida o‘zaro tushunish borligi va hamkorlik yangi darajaga ko‘ratilishini qayd etishdi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida o‘tdi.

Поделиться