O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

TATUda abituriyentlar uchun biometrik nazorat tizimi o‘rnatiladi

2017-05-25 | Texnologiyalar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o‘zining test sinovlar o‘tkazish joylarida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimini tatbiq etmoqda.

Test sinovlarini o‘tkazish joyida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimini tatbiq etish mamlakatimizda birinchi marta joriy etilmoqdi.
 
Har yili 15 mingdan ortiq abituriyent TATUga o‘qishga kirish uchun qabul komissiyasiga hujjat topshiradilar. Ularni nazorat qilish va test sinovlarini o‘tkazish joyiga kiritishni nazorat qilish jarayoni ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. Shu bilan birga, abituriyentlar ruhan va jismonan toliqib qoladilar. 
 
Biometrik pasport ma’lumotlari va barmoq izlari skaneri tekshiruvi asosida abituriyentlarning ma’lumotlar bazasini yaratilishi va jarayonning avtomatlashtirilishi imtihonni nazorat qilish va boshqarish tiziminini osonlashtiradi.
 
15 iyundan 15 iyulgacha abituriyentlar OTM qabul komissiyasiga hujjatlar va biometrik ma’lumotlarni topshirishlari kerak bo‘ladi. Serverda abituriyentlarning biometrik va pasport ma’lumotlarining yagona bazasi yaratiladi. 1 avgustda biometrik ma’lumotlar bo‘yicha imtihonlarga kiritish sxemasi tuziladi. Biometrik ma’lumotlar bo‘yicha abituriyentlarni identifikatsiya qilishni iloji yo‘q vaziyatlarida kiritish muqobil komissiyasi tashkil etiladi.
 
Tizim o‘z ichiga abituriyent barmoq izlarini olish uchun i-Clock-700 skanerlari, pasport personal ma’lumotlarini tekshirish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun «Regula» 7024M.111 skanerlari, abituriyent barmoq izlarini pasport chipidagi barmoq izlari haqidagi ma’lumotlar bilan taqqoslash uchun BioLink U-Match 3.5 skanerlari (pasport abituriyentga tegishlilikni tekshirish), abituriyentlar barmoq izlarini ro‘yxatdan o‘tkazish «i-Clock700» orqali amalga oshiriladi.
 
Biometrik axborotni olish, saqlash va ishlov berishga maxsus dasturiy ta’minot javob beradi.
 
Bu tizim test sinovlari o‘tkazishda oshkoralik va shaffofligini ta’minlash – kirish imtihonlar o‘tadigan OTM hududida begona shaxslar hozir bo‘lishining oldini oladi. Kelajakda TATU qabul komissiyasi tajribasini O‘zbekiston boshqa OTMlarida ham qo‘llash mumkin.
 
Bundan tashqari, joriy yilda abituriyentlardan hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali interaktiv shaklda qabul qilinmoqda. Bu esa qabul komissiyasiga hujjat topshirishda abituriyentlarni ortiqcha ovoragarchiliklardan himoya qiladi.

Поделиться