O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Islom Karimovning Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi

2015-03-11 | Siyosat

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov 10-mart kuni Andijon viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o'tkazuvchi 2-Andijon okrug saylov komissiyasi raisi O.Mirzayev ochdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Islom Karimov o'z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so'zladi.

Dasturda sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan iqtisodiyotimizning raqobatbardoshligini oshirish, xususiy mulk va tadbirkorlik rivoji yo'lidagi barcha to'siqlarni olib tashlash hamda bu sohaga to'liq erkinlik berish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qayta ko'rib chiqish, yerlarning unumdorligini oshirish va ekin maydonlari tarkibini optimallashtirish, fermer xo'jaliklarini ko'ptarmoqli xo'jaliklarga aylantirishni davom ettirish, mahalliylashtirish va import o'rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash, hayot darajasi va sifatini izchil oshirib borish, xorijiy davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash kabi masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.

Andijon viloyati ulkan iqtisodiy salohiyati bilan mamlakatimiz taraqqiyotida alohida o'ringa ega. 2013-2015-yillarda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan 2014-yilda 3 ming 720 loyiha amalga oshirildi. Qariyb 360 milliard so'mlik investitsiya, jumladan, 4 million dollardan ortiq miqdordagi xorijiy investitsiya o'zlashtirildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari keng qo'llab-quvvatlanayotgani samarasida ularning soni va viloyat iqtisodiyotidagi salmog'i tobora ortib borayotir. Bugungi kunda ushbu sohaning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi qariyb 60 foizni tashkil etmoqda. O'tgan yili viloyat tadbirkorlari tomonidan 165 million dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi.

Xo'jaobod tumani Shahrixonsoy shaharcha fuqarolar yig'inining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchisi T.Yo'ldosheva, "GM Uzbekistan" qo'shma korxonasi bo'lim boshlig'i Sh.Alimov va boshqalar viloyat markazi tubdan o'zgarib, shahar va qishloqlar obod bo'lib borayotganini, bu odamlarga kuch-g'ayrat, ertangi kunga ishonch bag'ishlayotganini ta'kidladi. Prezident sayloviga tayyorgarlik, uni o'tkazish bilan bog'liq jarayonlar milliy qonunchiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga to'la mos ravishda o'tayotganini qayd etdi. Saylovchilarni 29-mart kuni bo'ladigan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Поделиться