O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vazirligida uchrashuv

2017-05-24 | Jamiyat

Joriy yilning 23 may kuni Adliya vazirligida Yevroparlamentning Fuqarolik erkinliklar, odil sudlov va ichki ishlar qo‘mitasi hamda Inson huquqlari kichik qo‘mitasi a’zosi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuvda Yevroparlamentning Inson huquqlari kichik qo‘mitasi hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mongoliya bilan aloqalar bo‘yicha Yevroparlament delegatsiyasi a’zosi Y.Seller, Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi va Inson huquqlari hamda Xavfsizlik va mudofaa masalalari kichik qo‘mitalari a’zosi K.Byuxner va kuzatuvchilar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mehmonlar vazirlikning inson huquqlarini himoya qilishdagi o‘rni hamda Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishining holatini o‘rganish bo‘yicha Idoralararo ishchi guruhi faoliyati haqida ma’lumotlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, davlatimiz Rahbarining fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolar bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashabbuslari alohida ta’kidlab o‘tildi. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida sud-huquq tizimini liberallashtirish jarayoni izchillik bilan ro‘yobga chiqarish bo‘yicha faoliyat yoritib berildi.

Yevropa delegatsiyasi a’zolari tomonidan O‘zbekistonda xalqaro norma va me’yorlarni hisobga olgan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida aniq tushunchaga ega bo‘lganliklari ta’kidlandi.

Delegatsiya a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi inson huquqlari sohasidagi ikki tomonlama asosda amalga oshirilayotgan muloqot O‘zbekistonning shaxdam rivojlanishiga xizmat qilishi haqida fikr bildirildi. Inson huquqlarini ta’minlash sohasidagi faoliyat va hamkorlik qonun ustuvorligini kafolatlashi, bu esa o‘z o‘rnida barqaror rivojlanishni ta’minlashi darkorligi haqida aytib o‘tildi.

Yakunda mehmonlar inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikni kelajakda yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini izhor etishdi.

Поделиться