O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sportchilarimiz muvaffaqiyati

2015-03-10 | Sport

Doha shahrida taekvondo (WTF) bo'yicha davom etayotgan Qatar ochiq chempionatida hamyurtlarimiz munosib ishtirok etmoqda.

Nufuzli musobaqada to'rt yuz nafardan ziyod sportchi g'oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Kattalar o'rtasida vazni 74 kilogrammgacha bo'lgan sportchilar bahsida Nikita Rafalovich oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, dunyo reytingida peshqadamlik qilayotgan tajribali sportchimiz Jasur Boyqo'ziyev 87 kilogramm vaznda musobaqaning kumush medali bilan taqdirlandi. Maksim Rafalovich, Sarvarbek Sheraliyev, Dmitriy Shokin o'z vazn toifasida uchinchi o'rinni egalladi.

Bolalar, o'smirlar va kadetlar o'rtasidagi musobaqada Niyoz Po'latov, Kamronbek Yaxshiboyev, Saidolim No'monov oltin, Shukurxon Sultonov, Akobir Akromov, Abdullo To'ychiyev kumush medalga sazovor bo'ldi.

Qizlar o'rtasida Vlada Pan, Madinabonu Mannopova o'z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.

Поделиться