O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O'zbekiston Mehnat vazirligida Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

2017-05-23 | Jamiyat

2017 yil 21 may kuni O'zbekiston Respublikasi Mehnat vaziri Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) Ombudsmani vakili Skott bilan uchrashuv o'tkazdi. Shuningdek, uchrashuvda XMKning O'zbekistondagi bosh vakili Z.Xashimov va XMK eksperti R.Kadirova ishtirok etdi.

XMK Ombudsmani vakillari uch tomonlama hamkorlar (Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi) tomonidan respublikada xalqaro mehnat normalari va standartlarini tadbiq etish, shuningdek Jahon banki va XMT hamkorligidagi loyihalar doirasida muvafaqqiyatli amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida batafsil tanishtirildi.

Shuningdek, Mehnat vaziri mehmonlarni XMTning 2016 yilda paxta yig‘im-terimi mavsumini mustaqil monitoringi natijalari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida xabardor qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan inson xuquqlari va manfaatlarini ta’minlash, majburiy va bolalar mehnatidan foydalanishning oldini olishga qaratilgan kompleks choralar davom etayotganligi qayd etildi. Muzokaralar davomida mazkur sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan aniq misollar keltirildi.

Uchrashuvda barcha manfaatdor tomonlar uchun o‘quv seminari tashkil etish va unga chet el ekspertlari hamda milliy mutaxassislarni jalb qilishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida XMK delegatsiyasi taqdim etilgan ma’lumotlar uchun minnatdorchilik bildirishdi va kelgusida ham ikki tomon uchun manfaatli bo‘lgan masalalarda respublikaning vakolatli organlari bilan samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini qayd etishdi.

Поделиться