O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Regbichilarimiz g‘alabasi

2015-03-10 | Sport

Hindistonning Chennay shahrida regbi bo'yicha o'tkazilgan "Asian Olympic Pre-Qualifier" xalqaro turnirida O'zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasidan ma'lum qilishlaricha, musobaqada terma jamoamiz a'zolari mezbon sportchilarni 12:5, Janubiy Koreya terma jamoasini 22:7, filippinlik regbichilarni 17:5 va eronlik raqibalarini 32:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, finalga chiqdi. Hal qiluvchi bahsda yana mezbon jamoa – hindistonlik regbichilar bilan kuch sinashgan hamyurtlarimiz 38:0 hisobida g'alaba qozondi.

Endi sportchilarimiz 2016-yili Braziliyada bo'lib o'tadigan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun shu yilning noyabr oyida Gonkong va Tokio shaharlarida tashkil etiladigan saralash musobaqalarida ishtirok etadi.

Поделиться