O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Sport xabarlari
2017-05-23 | Sport
Karate. Toshkentda an’anaviy karate-do bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, mamlakatimiz an’anaviy karate-do federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada yuzdan ortiq ishtirokchi kata va kumite bo‘yicha bahslashdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.
Kikboksing. Poytaxtimizdagi "JAR" sport sog‘lomlashtirish majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab kikboksing bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan yoshlarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur turnirda ikki yuzga yaqin sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Turnir yakunida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Qo‘l jangi. Tojikistonda qo‘l jangi bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati o‘tkazildi.
Chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘n oltita oltin, beshtadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.