O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yevropa parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv

2017-05-22 | Siyosat

2017-yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Yevropa parlamenti deputatlari Yuliy Vinklar (Ruminiya vakili) va Ismail Ertugni (Germaniya vakili) qabul qildi.

Suhbat davomida O‘zbekiston va Yevroparlament o‘rtasidagi muloqotning, xususan parlamentlar darajasidagi aloqalarning ijobiy dinamikasi qayd etildi.

Yevroparlament deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari bilan bugun Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan davra suhbatidagi ishtiroklari to‘g‘risida so‘zlab berdilar.

Uchrashuvda mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021-yillarda rivojlanishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqni qo‘llash amaliyoti, ijro hokimiyati organlari va qonunlarni tadbiq etilish ustidan deputatlar nazoratini mustahkamlash sohalarida Yevropa tajribasini o‘rganishdan O‘zbekiston manfaatdor ekanligi ta’kidlandi.

Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim muammolari yuzasidan ham fikr almashildi.

Поделиться