O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xitoy Elchisi bilan uchrashuv
2017-05-22 | Siyosat
2017-yil 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Lijie bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 11-15-may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi, mamlakatimiz delegatsiyasining “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumidagi ishtiroki yakunlariga yuqori baho berildi.
Oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy muzokaralari davlatlararo munosabatlarning ikki tomonni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarida yangi sahifani ochgani qayd etildi.
Uchrashuvda XXR Raisi Si Szinpin va boshqa Xitoy rahbarlari bilan Pekin shahrida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.