O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sara urug‘ – mo‘l hosil garovi

2015-03-10 | Iqtisodiyot

Qoraqalpog'iston Respublikasi dehqon va mirishkorlari bahorgi ekish mavsumiga puxta taraddud ko'rmoqda.

Mamlakatimizda agrar sohani tubdan isloh qilish jarayonida qishloq xo'jaligini yanada rivojlantirish, yerning meliorativ holatini yaxshilash va hosildorlikni oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, har bir mintaqaning tabiiy iqlimiga mos, serhosil g'o'za navlarini yaratish, sara urug' hozirlash bo'yicha joylarda aniq chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.

Joriy yilda Taxtako'pir, Qorao'zak, Kegeyli va Chimboy tumanlaridagi paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari uchun Kegeyli tumanidagi "Xalqobod momig'i" aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2 ming 279 tonna sara urug'lik chigit tayyorlab qo'yildi. Korxonaning zamonaviy tarzda jihozlangan sexlarida saralanib tuksizlantirilgan, ildiz chirishi va turli zararkunandalarga qarshi dorilanib, maxsus qoplarga qadoqlangan urug'lik chigit mutaxassislarning doimiy nazoratida saqlanmoqda.

– Tajribali dehqonlar hosildorlik sara urug', uning sifati va unib chiqish darajasiga bog'liq ekanini yaxshi biladi, – deydi tuman urug'lik nazorati markazi inspektori Ya.Ortiqova. – Shuning uchun tayyorlangan urug'lik chigitning unuvchanligiga alohida e'tibor qaratmoqdamiz. Olib borilgan monitoring natijalariga ko'ra, urug'lik chigit laboratoriya sharoitida 98-100 foiz samara beradi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq va suv xo'jaligi vazirligidan olingan ma'lumotlarga qaraganda, joriy yilda g'o'zaning Orolbo'yi iqlim sharoiti va tuproq tarkibiga mos, ko'p yillar davomida sinovdan o'tgan "S-4727", "Chimboy-5018", "S-9085" navlarini ekish rejalashtirilgan.

Поделиться