O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Finlandiya Elchisi bilan uchrashuv
2017-05-19 | Siyosat
2017-yilning 18-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Finlandiya Respublikasinining Favqulodda va Muxtor Elchisi Niklas Lindkvist (qarorgohi Helsinki shahrida) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibining muhim masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Elchi 2017-yil 17-may kuni Toshkent shahrida ochilgan “O‘zbekiston neft va gazi – Global Oil&Gas Uzbekistan/OGU 2017” 21-xalqaro ko‘rgazmasi va konferensiyasidagi ishtiroki va “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasida o‘tkazilgan muzokaralar to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Uchrashuvda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o‘zaro munosabatlarni savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalarda yanada mustahkamlash uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Muzokaralarda bo‘lajak O‘zbekiston-Finlandiya uchrashuvlari jadvali ham ko‘rib chiqildi.