O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Viloyat kеngashining sеssiyasi

2017-05-18 | Siyosat

17 may kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining o‘ttiz oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyani Kengash raisi, viloyat hokimi H.Oqbo'tayev boshqardi.

Deputatlar sessiya ishini 2017 yilning birinchi choragida mahalliy byudjet ijrosi bo‘yicha viloyat hokimining taqdimnomasi to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishdan boshladilar.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, yilning dastlabki uch oyida viloyat mahalliy byudjetining daromadlar qismi rejadagi 309,4 milliard so‘m o‘rniga 318,7 milliard so‘m (103 foiz)ga bajarilgan.
 
Hisobot davrida ijtimoiy-madaniy tadbirlar uchun 438,1 milliard so‘m mablag‘ moliyalashtirilgan bo‘lib, bu byudjet xarajatlarining 86,5 foizini tashkil qiladi.
 
Ijtimoiy yordamga muxtoj oilalarning turmush farovonligini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali 38,4 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.
 
Mahalliy byudjet ijrosi bo‘yicha mutasaddilarning axborotlari tinglanib, tegishli qaror qabul qilindi.
 
Shundan so‘ng deputatlar yaqinda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarini o‘rganish va uning mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etishda mahalliy Kengashlar, doimiy komissiyalar oldida turgan masalalarni muhokama etib, zarur chora-tadbirlarni belgiladilar.
 
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 martdagi “Dehqon xo‘jaliklari va aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, suvga chidamli, eksportbop daraxt plantatsiyalarini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sh.Xudayberdiyevning hisoboti eshitildi.
 
Ta’kidlandiki, joriy yilda viloyatimizdagi 84 ming 800 ga yaqin aholi xonadonida 3 million 685 ming bosh parranda boqish, 841 ming tup limon, 443 ming tup yong‘oq, 443 ming tup unabi ko‘chatlari ekilishi belgilangan. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun 25 milliard so‘m mablag‘ (shundan 15 milliard so‘mi bank krediti) talab etiladi.
 
Bugungi kunda aholi xonadonlariga 407 ming bosh parranda, 66,1 ming tup limon, 132 ming tup yong‘oq, 8,1 ming tup unabi ko‘chatlari ekilgan. 
 
Sessiya ishida deputat O‘.Saidmurodovning ichki yo‘llar qurilishi, ta’mirlanishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida Avtomobil yo‘llari Samarqand viloyati hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i Q. Hasanovning axboroti ko‘rib chiqildi.
 
Boshqarma boshlig‘i deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala bo‘yicha atroflicha ma’lumot berib, deputatlarning savollariga javob qaytardi. Qayd etilishicha, 2017-2018 yillarda viloyatimizda xo‘jaliklararo qishloq yo‘llari, shahar ko‘chalari, shahar tipidagi posyolkalar, qishloq va ovul avtomobil yo‘llarining 479 kilometr qismini to‘la va joriy ta’mirlash rejalashtirilgan.
 
Xalq deputatlari viloyat Kengashining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining viloyat hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi ijrosi to‘g‘risidagi masala yuzasidan doimiy komissiya raisi B.Sharafov axborot berdi.
 
Yil boshidan buyon boshqarmaga 1489 ta murojaat kelib tushgan. Murojaatlarning 972 tasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan 403 tasi yozma, 114 tasi og‘zaki tarzda kelgan. Ularning asosiy qismini tibbiyot xodimlarining faoliyatidan qoniqmaslik, dori-darmon narxlari, qishloq joylarida sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari tashkil etadi. 
 
Shundan so‘ng deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida”gi qarori haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar.
 
Prezidentimizning mazkur qarorida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganligi, bu esa jamiyatimiz barqarorligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi ta’kidlandi.
 
Mazkur qaror asosida Vazirlar Mahkamasi ishchi guruhi viloyat, Urgut, Past Darg‘om tumanlari va Samarqand shahar hokimliklari, “Samarqand elektr tarmoqlari” korxonasi, viloyat hokimligi xalq ta’limi, arxitektura va qurilish boshqarmalarida ijro intizomining ahvolini o‘rganilganda juda ko‘p kamchiliklar aniqlandi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.
 
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Viloyat hokimining Fafurova Marhabo Nizomiddinovnani viloyat hokimining o‘rinbosari – xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlash haqidagi qarori tasdiqlandi.
 
Sessiyada muhokama etilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.

Поделиться