O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bojxona omborlarida o‘tkazilgan inventarizatsiyalar bo‘yicha hisobot taqdim etildi.

2017-05-18 | Jamiyat

2017 yil 16 may kuni MCHJ shaklidagi «Samarqand choy qadoqlash fabrikasi» xorijiy korxonasi filialining ma’muriy binosida tadbirkorlik subyektlarining vakillari va tadbirkorlik uyushmalari qatnashuvi tarkibida tashkil etilgan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Jamoatchilik maslahat kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda taklif etilgan Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputatlari, bojxona organlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-qo‘llash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan viloyatning tegishli idora, tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek tadbirkorlik subyektlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

«Samarqand choy qadoqlash fabrikasi» xorijiy korxonasi filialining direktor o‘rinbosari I.Tursunov yig‘ilishni ochib, korxonaning taklifi ma’qullangan holda yig‘ilish «Samarqand choy qadoqlash fabrikasi» xorijiy korxonasi filiali hududida tashkil etilganligi bois kengash a’zolariga o‘z minnatdorchiligini bildirib, Kengashning samarali faoliyatiga zafarlar tilagan holda, so‘zni Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i E.Salixovga berdi.

Viloyat bojxona boshqarmasi Jamoatchilik maslahat kengashining Raisi E.Salixov kun tartibidagi masalalar yuzasidan so‘zga chiqib, import tovarlar tarkibini tanqidiy tahlil qilish, import o‘rnini bosadigan mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, bojxona omborlarida uzoq vaqtdan buyon saqlanayotgan mahsulotlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha Samarqand viloyati bojxona boshqarmasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha ma’lumot taqdim etdi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2017 yil 14 mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda bir qator yirik korxona va tashkilotlarning yuqori bo‘g‘in rahbarlari tomonidan bojxona nazoratidagi tovarlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish choralari ko‘rilmaganligi va mazkur yo‘nalishdagi ishlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi, nazorat yetarli darajada olib borilmayotganligi keskin tanqid qilinganidan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasida 2013-2016 yillarda «vaqtincha saqlash» va «bojxona ombori» bojxona rejimlariga rasmiylashtirilgan, uzoq vaqt mobaynida bojxona omborlarida saqlanib kelgan 159 partiyadagi tovarlarni erkin muomalaga chiqarish hamda qonuniy to‘xtamga kelish choralari ko‘rilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 6 apreldagi 4891-sonli Farmoyishi bilan tashkil etilgan komissiya tomonidan tayyorlangan tahlil va axborotlar asosida 2017 yil 19 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida import hajmini tubdan qisqartirish va tarkibini optimallashtirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasidagi ishlar samaradorligi va natijadorligi uchun mas’uliyatini kuchaytirish borasida o‘tkazilgan yig‘ilishda bojxona omborlarida uzoq vaqtdan buyon saqlanayotgan mahsulotlarni to‘liq inventaritsaziyadan o‘tkazish yuzasidan topshiriq berilgan.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i E.Salixov, viloyat hokimligi va boshqa idoralar tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam asosida qisqa muddat ichida 90 partiyadagi muammoli tovarlar bo‘yicha qonuniy to‘xtamga kelishga erishilib, tegishli tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilganligini qayd qildi.

Bugungi kunda uzoq davrdan beri bojxona omborlarida saqlanib kelayotgan tovarlar - jami 69 ta partiyadagi tovarlar qolayotganligini qayd qilib, korxonalar kesimida tayyorlangan ma’lumotni taqdim etdi.

Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona omborlarida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasiga ko‘ra, «Mexriobod Agro Fruit» MCHJ tomonidan «bojxona ombori» bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan daraxt ko‘chatlari tashkilotga qarashli bog‘dorchilik maydonlariga saqlash maqsadida ekib qo‘yilganligi, «tomchilab sug‘orish uskunasi va metallokonstruksiya» tovarlari bojxona organining ruxsatisiz ishlatilganligi kabi holatlar aniqlanib, qonun talablari asosida tashkilot rahbarlariga tegishli choralar ko‘rilganligini qayd qildi.

Kun tartibidagi 1-masala bo‘yicha o‘tkazilgan muhokamada «BIG-PET-PLAST» qo‘shma korxonasi, «SIYOB SHAVKAT ORZU» fermer xo‘jaligi, «Mexriobod Agro Fruit» MCHJ, «UZ AUTO TRAILER» MCHJ va «Urgut Antep Yasham» qo‘shma korxonasi nomidan yig‘ilishda qatnashgan tashkilot rahbarlari va vakillari so‘zga chiqib, «bojxona ombori» bojxona rejimida tovarlarning uzoq saqlanish sabablari, ko‘rilayotgan choralar yuzasidan yig‘ilish qatnashchilariga hisobot berdi.

Viloyat bojxona boshqarmasi Jamoatchilik maslahat kengashining Raisi E.Salixov kun tartibidagi 2-masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 5 may kuni «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutini ta’sis etish to‘g‘risida»gi PF-5037-sonli va 2017 yil 4 maydagi PF-5034-son Farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2017 yil 1 fevraldagi 44-son qarorining mazmun-mohiyati yig‘ilish qatnashchilariga yetkazildi.

Yig‘ilish muhokamasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Z.Berdiyeva, Samarqand viloyati hokimligi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish, qo‘llab-quvvatlash guruhi rahbari Sh.Dulanov, Samarqand standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi xodimi S.Adilov, MCHJ shaklidagi «Siyob saxovati» qo‘shma korxonasi vakili M.Rashidiylar so‘zga chiqdi.

Yig‘ilish muhokamasiga kiritilgan taklif va qayd qilingan fikrlar asosida, avtotransport vositalari, shuningdek boshqa tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi va talablari bo‘yicha bosma nashrlarga muntazam ravishda materiallar taqdim etish, muayyan yo‘nalishlarda mutasaddi idora, tashkilotlar bilan birgalikda aholi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida uchrashuv, amaliy seminarlar tashkil etish ishlarini yanada kuchaytirish borasida tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Поделиться