O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni amalga oshirish chora-tadbirlari mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida videoseminar (davra-suhbati) o‘tkazildi.

2017-05-18 | Ta’lim

​Joriy yilning 17 may kuni soat 10-00da O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 14ta hududiy studiyalar orqali O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 maydagi 250-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Vazirlik markaziy apparati xodimlari, Vazirlik huzuridagi muassasa va tashkilotlar, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari yuridik xizmati, reja-moliya, buxgalteriya, kadrlar bo‘limlari xodimlari bilan Videoseminar (davra-suhbati) o‘tkazildi.

Mazkur seminar (davra suhbati) davomida vazirning birinchi o‘rinbosari I.Majidov, Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i B.Qodirov, bosh yuriskonsult R.Suleymanova, Vazirlik huzuridagi Yuridik kengashi a’zolari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va metodik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari R.Sharopov, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari L.Jo‘rayevlar tomonidan qaror va mazkur qaror bilan tasdiqlangan yuridik xizmatlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha lavozim razryadlari, martaba darajalariga ega bo‘lgan xodimlariga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun beriladigan har oylik ustama haq miqdorlari (lavozim maoshiga nisbatan foizlarda); lavozim maoshlariga martaba darajalari uchun qo‘shiladigan har oylik ustamalar miqdorlari; yuridik xizmatlarni tashkil etish shakllari, minimal normativlari va mezonlari, sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan mablag‘lar hisobidan yuridik xizmat xodimlarini mukofotlash tartibi va boshqa masalalar yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Seminar (davra suhbati) davomida joylardagi studiyalardan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Поделиться