O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mehnatni muhofaza qilish bo'yicha milliy tadqiqotni yangilash masalalari muhokama qilindi

2017-05-18 | Jamiyat

2017 yil 16 may kuni Toshkent shahrida “O'zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish bo'yicha milliy tadqiqot jarayonini yangilash muhokamasi” mavzuda davra suhbati bo'lib o'tdi.

 Tadbirda Xalqaro mehnat tashkilotining Moskvadagi Byurosining mehnat masalalarini tartibga solish, inspektsiya va mehnat muhofazasi bo'yicha bosh mutaxassisi janob Valentin Mokanu, Rossiya Federatsiyasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bo'lim boshlig'i Yekaterina Kuznetsova xonim, O'zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba Uyushmalari federatsiyasi vakillari va korxona va tashkilotlarning mehnat muhofazasi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida O'zbekistonda mehnat muhofazasi va xavfsizligini yanada rivojlantirish masalalari, qonun talablariga rioya qilishda mehnat inspektorlarining roli va o'rni, XMTning mehnatni muhofaza qilishdagi strategiyasi, XMTga a'zo mamlakatlarning mehnatni muhofaza qilish bo'yicha Milliy tadqiqotni yangilash bo'yicha ish tajribalari, ijtimoiy hamkorlar: Mehnat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba Uyushmalari federatsiyasining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatlari, shuningdek mehnat muhofaza qilish bo'yicha dasturlar va strategiyani ishlab chiqishda qo'llaniladigan usullar muhokama qilindi.

Uchrashuvda Mehnat vazirligining mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari N.Sulaymanova ishtirokchilarni mehnat muhofaza qilish sohasida qabul qilingan, jumladan “Mehnat muhofazasi to'g'risida”gi Qonun, o'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yanada rivojlantirish to'g'risida”gi qarori, vazirlikning bu yo'nalishdagi faoliyati va mehnatni muhofaza qilish bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida tanishtirdi.

Tadbirda Mehnat vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Kasaba Uyushmalari federatsiyasi va Xalqaro Mehnat tashkiloti O'zbekistonda mehnatni muhofaza qilishni yaxshilash bo'yicha hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olishdi.

 

Davra suhbati ochiq muloqot shaklida o'tkazildi.

Поделиться