O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bitiruvchining kasb mahorati

2017-05-18 | Iqtisodiyot

Samarqand viloyatidagi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kasb mahorati” ko‘rgazmasi, “Eng yaxshi mutaxassis” va “Eng yaxshi biznes loyiha” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi, prokuratura, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirlarda kasb-hunar kollejlarining 1,5 mingga yaqin bitiruvchici 33 yo‘nalish bo‘yicha egallayotgan mutaxassisligiga oid kasb ko‘nikmalarini namoyish etdi, eng yaxshi biznes loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. 

– Bu yil viloyatdagi 160 kasb-hunar kollejini 112 mutaxassislik bo‘yicha 53 ming 263 o‘quvchi bitiradi, – deydi Samarqand viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Aziz Nasimov. – Viloyat hokimligi tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ishlab chiqarish amaliyoti o‘tashi va keyinchalik ishga joylashishiga ko‘maklashish uchun mas’ullar belgilangan edi. Shu paytgacha 52 mingdan ortiq bitiruvchi bandligini ta’minlash bo‘yicha 21 mingdan ortiq korxona va tashkilot bilan to‘rt tomonlama shartnomalar tuzildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan yoshlarga tijorat banklari tomonidan 50 milliard so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunda 4 mingga yaqin bitiruvchining ro‘yxati shakllantirildi va banklarga taqdim etildi. Bu borada bitiruvchilarga banklar va boshqa tashkilotlar tomonidan ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak natijasida 300 ga yaqin yoshlar 2 milliard 681 million so‘m kredit olib, biznes faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. 

Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish, turizm va maishiy xizmat kasb-hunar kollejlari, tibbiyot instituti qoshidagi 2-akademik litseyda o‘tkazilgan tadbirlarda kichik mutaxassislik diplomiga ega bo‘layotgan yigit-qizlarning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha taqdimotlari viloyat jamoatchiligi vakillari, ish beruvchilar va sohalar mutaxassislarida katta qiziqish uyg‘otdi. 

Komputer texnologiyalari, maishiy xizmat texnikalari, tibbiyot, tikuv-trikotaj, qurilish-montaj ishlari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, elektr, gaz, suv ta’minoti, kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish-ta’mirlash, mebel ishlab chiqarish, payvandlash kabi ixtisosliklarni egallagan yoshlarning kasb mahorati ko‘pchilikning e’tirofiga sazovor bo‘ldi. 

– Samarqand avtomobil va yo‘llar kollejining avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo‘nalishini bitirayapman, – deydi A.Rahmonov. – O‘qish davomida olgan bilimlarimni Samarqand avtomobil zavodi va avtokorxonalardagi amaliyot davomida mustahkamladim. Diplom olgach, zavodda ish boshlayman. Buning uchun korxona bilan shartnoma ham tuzganmiz. 

“Eng yaxshi biznes loyiha” ko‘rik-tanlovi davomida har bir ishtirokchi o‘z loyihasi taqdimotini o‘tkazdi va rejalarini bayon etdi. Eng yaxshi biznes loyihalar egalariga tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit olish huquqini beruvchi sertifikatlar topshirildi. 

Tadbirda Samarqand viloyati hokimi H.Oqbo‘tayev so‘zga chiqdi.

 

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA

Поделиться