O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashuv
2017-05-17 | Siyosat
2017-yilning 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Prezidenti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sergey Chebotarev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan qo‘shma tadbirlarga oid ikki tomon kun tartibining amaliy masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Rossiya Elchisi Vladimir Tyurdenev ishtirok etdi.