O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorijiy tillarni o‘qitish takomillashmoqda

2017-05-16 | Ta’lim

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Xorijiy tillarni o‘qitishdagi zamonaviy tendensiyalar: yutuqlar, muammolar va ularning yechimi” mavzuida xalqaro konferensiya o‘tkazildi.

Universitet huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi tomonidan Fledu.uz elektron jurnali, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va AQShning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, jurnalistlar va talabalar ishtirok etdi. 

Markaz direktori U.Azizov va boshqalar mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar chet tillarni o‘rgatish tizimini yanada takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish, kasb mahorati va ko‘nikmalariga erishish hamda yoshlarda xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirishda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Birinchi Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirishda muhim dasturilamal bo‘layotir. 

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinflarida chet tili haftasiga ikki soat, yuqori sinflarda uch soat o‘qitilmoqda. Yangi ta’lim standartiga muvofiq 1-4-sinflar uchun chet tili darsliklari yaratildi. 5-sinf uchun ingliz, nemis va fransuz tillari bo‘yicha yangi darsliklar tajriba-sinovdan o‘tkazilib, takomillashtirilayotir. 

O‘qituvchilarga amaliy metodik yordam berish maqsadida Toshkentdagi Gyote instituti, Fransiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda. Jumladan, joriy yil nemis va fransuz tillari o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan hududiy seminarlarda xorijlik ekspertlar tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Bu jarayonda faol ishtirok etgan va turli tanlovlarda g‘olib chiqqan 9 mutaxassis Germaniya va Fransiyada malaka oshirib qaytdi. 

Xalqaro seminarga xorijiy tillarni o‘qitishning metodologiyasi, uslubiy ko‘rsatmalar, til o‘rgatishdagi muammolar, tavsiya va fikr-mulohazalarni qamrab olgan uch yuzdan ortiq ilmiy maqola topshirilgan. Tadbir ishtirokchilari sho‘balarga bo‘lingan holda bu boradagi dolzarb masalalarni muhokama qildi.

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться