O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Deklaratsiyani to‘g‘ri to‘ldirish tartibi tushuntirildi
2017-05-16 | Jamiyat
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan bojxona soxasida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini tadbirkorlar va TIF qatnashchilariga yetkazish hamda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulaylik va yengilliklarni samaradorligi va amaliyotda mavjud muammolarni bevosita TIF qatnashchilarining o‘zlari bilan muhokama qilish maqsadida Navoiy viloyati bojxona boshqarmasida tadbirkorlar bilan yig‘ilish tashkil etildi.
Unda viloyat hududida faoliyat oli borayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari hamda bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etishdi.
Seminarni Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Choriyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. U mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulaylik va yengilliklarni samaradorligini misollar bilan tushuntirib berdi va amaliyotda muammolar mavjudligi bilan qiziqdi.
Shuningdek, uchrashuvda 2017 yil 14 martda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida 2868-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan Davlat bojxona qo‘mitasining “Bojxona qiymati deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.
Unga ko‘ra, hujjatlar bojxona organiga rus yoki ingliz tillarida taqdim etiladi. Boshqa tilda to‘ldirilgan hujjatlar bojxona organiga deklarant tomonidan tasdiqlangan o‘zbek, rus yoki ingliz tilidagi tarjimasi bilan birga taqdim etilishi kerak. Hujjatlar asl nusxada yoki deklarant tomonidan tasdiqlangan nusxa ko‘rinishida taqdim etiladi.
Elektron BQD va unga ilova qilinayotgan hujjatlar bojxona organlariga belgilangan format va tuzilishga muvofiq taqdim etilishi lozim. Agar ilova qilinadigan hujjatlarning elektron formati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu hujjatlarning skaner qilish orqali olingan nusxalari taqdim etiladi.
Avvalgi tartibda tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning usullaridan foydalanganda taqdim etiladigan xujjatlar ro‘yxati mavjud emas edi. Endilikda, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning har bir usuli bo‘yicha ushbu yo‘riqnomaning 3-ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan xujjatlarni BQD bilan birgalikda bojxona organlariga taqdim etishlari aniq belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, ushbu yo‘riqnoma asosida bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarinng bojxona qiymatini aniqlashda foydalaniladigan 6 ta usulning har biri bo‘yicha Bojxona qiymati deklaratsiyasining yangi shakllari tasdiqlanganini ta’kidlandi.
Ushbu qaror joriy yilning 23 iyunidan boshlab kuchga kirishi yig‘ilganlar e’tiboriga yetkazildi.
Asosiy e’tibor mazkur qaror bilan tadbirkorlarga bojxona sohasida joriy qilingan yangi qulayliklar va yengilliklarning mazmun-mohiyatini chuqurroq yetkazishga qaratildi.
Shu bilan birga, elektron BYUDni shakllantirish imkonini beruvchi “Ye-BYUD” dasturi haqida ham tushuntirishlar berildi. Ushbu dasturning eng katta afzalliklari quyidagilardir:
bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi mutaxassislarning ish samaradorligini oshiradi;
dasturni internetdan yuklab olish bepul;
kompyuterga o‘rnatish qulay;
bazani yangilab, eskisini arxivlash va undan ixtiyoriy vaqtda foydalanish mumkin;
dasturda “xml” formatdagi elektron BYUDni bazaga yuklab olish mumkin;
BYUD formasini rejimlarga mos shakllantirilishi va boshqa imkoniyatlar.
Shuningdek tadbirda import tovarlarining bojxona qiymatini aniqlash usullari, tartibi va unda kerak bo‘ladigan hujjatlar to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi. Hamda bojxona qiymati deklaratsiyalarini to‘ldirish tartibi tushuntirildi.
Tadbirda DBQ Statistika va tahlil markazi bosh inspektori D.Isroilxonov qatnashdi.
Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislaridan javoblar olishdi.