O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shifoxona filialiga maxsus jihozlangan zamonaviy avtomobillar topshirildi

2017-05-15 | Jamiyat

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon viloyati filialiga maxsus jihozlangan 14 “Damas” avtomobili topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholiga davlat tomonidan kafolatli bepul shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi yaratilgani ta’kidlandi. Bunda shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari va ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 16-martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda. 

– Aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirishda shoshilinch tibbiy yordam tizimi muhim o‘rin tutadi, – deydi Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdushukur Sodiqov. – Shu bois farmon ijrosi doirasida tuman, shahar tibbiyot birlashmalari shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlariga yil oxiriga qadar yana 132 ixtisoslashtirilgan avtomobil topshirilishi rejalashtirilgan. Bu aholi salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarning sifati va samaradorligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov so‘zga chiqdi. 

 

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA 

Поделиться