O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston MSK majlisi
2017-05-15 | Siyosat
2017-yilning 15-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi majlisida Alisher Kurmanov va Botirjon Asadovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari etib ro‘yxatga olish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
MSK xabariga ko‘ra, qaror Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida 2017-yilning 13-may kuni davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo‘shab qolgan o‘rinlarga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari saylovi bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma majlislari bayonnomalariga asosan qabul qilindi.
Alisher Kurmanov ilgari O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, Botirjon Asadov esa O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi bo‘lib ishlagan.