O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Uzbek Tigers” jamoasi Kubaning “Cuba Domadores” jamoasi ustidan g‘alaba qozondi

2017-05-15 | Sport

Samarqand shahrida boks bo‘yicha nufuzli turnir – Butunjahon boks seriyasi (WSB) VII mavsumi chorak finalining dastlabki bahsida mamlakatimiz “Uzbek Tigers” jamoasi Kubaning “Cuba Domadores” jamoasi ustidan zafar quchdi. 

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) hamkorligida tashkil etilgan turnirning bu yilgi bahslarida eng kuchli 12 jamoa uchta guruhga bo‘lingan holda o‘zaro kuch sinashdi. Musobaqaning "C" guruhida qatnashgan “Uzbek Tigers” jamoasi Xitoyning "China Dragons", Rossiyaning "Patriot boxing team" va Qozog‘istonning “Astana Arlans Kazakhstan” jamoalari bilan raqobatlashib, 10 ochko to‘plagan holda chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Samarqanddagi "Mo‘jiza" amfiteatrida tashkil etilgan “Uzbek Tigers” va “Cuba Domadores” jamoalari o‘rtasidagi chorak final bellashuvi murosasiz bahslarga boy o‘tdi. 

Musobaqaning 49 kilogramm vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov Oskar Argilagos Perezni, 56 kilogrammda Murodjon Ahmadaliyev Xaver Ibanes Diazni, 75 kilogramm vaznda Isroil Madrimov Arlen Lopez Kardonani mag‘lubiyatga uchratdi. Yosh bokschilarimizdan Iqboljon Xoldorov Endi Kruz Gomesga, Sanjar Tursunov esa Erislandi Savonga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa “Uzbek Tigers” va “Cuba Domadores” jamoalari o‘rtasidagi bahs 3:2 hisobida bokschilarimiz foydasiga hal bo‘ldi. 

– Nufuzli turnirning mazkur bosqichida amaldagi chempion jamoani mag‘lubiyatga uchratganimizdan xursandmiz, – deydi Isroil Madrimov. – Ushbu bellashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida raqib jamoaning har bir bokschisi ringda qanday harakat qilishini kuzatdik. Buning samarasida muhim g‘alaba qo‘lga kiritildi. Javob uchrashuvida ham zafar quchib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. 

Chorak finalning javob uchrashuvi 19-may kuni Kubada o‘tkaziladi. 

– O‘zbekiston WSB – Butunjahon boks seriyasi yo‘nalishi bo‘yicha VII mavsum uchrashuvlarini yuqori saviyada tashkil etayotganidan mamnunmiz, – dedi turnir supervayzeri Mariya Pikson (Filippin). – Bu mamlakatingizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor, nufuzli musobaqalarni o‘tkazish borasida katta tajriba to‘planganidan dalolatdir. 

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться