O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi

2017-05-14 | Siyosat

Pekin, 14-may. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda "Bir makon, bir yo‘l" forumi doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on bilan uchrashdi. 

Davlatimiz rahbari ushbu uchrashuv O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi. 

Turkiya rahbari O‘zbekiston bilan munosabatlarni xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladigan yuksak darajaga ko‘tarish tarafdori ekanini ta’kidladi. 

Prezidentimiz O‘zbekiston bilan Turkiya savdo-iqtisodiyot, investitsiya, sayyohlik va boshqa sohalarda o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan ulkan salohiyatga ega ekanini ta’kidladi.  

Uchrashuvda 2016-yil 18-noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi. Ikki tomon uchun ham manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, to‘qimachilik, ko‘nchilik, kimyo va farmatsevtika, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA 

Поделиться