O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonning investitsion jozibadorligi xorijliklarni jalb qilmoqda

2017-05-14 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida qator muhim hujjatlar imzolandi. 

Mamlakatimizning turli sohalari vakillari Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga yuqori texnologiyalar va sarmoyalar jalb etish masalalarini muhokama qildi. 

Shavkat Hamroyev, O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari: 

– Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi davomida ko‘plab sohalarda istiqbolli kelishuvlarga erishildi. Qishloq xo‘jaligida yangi loyihalarni hayotga tatbiq qilish bo‘yicha ham shartnomalar imzolandi. 

Xitoylik hamkorlarimiz bilan gidroenergetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha qiymati 3 milliard dollarga yaqin shartnomalar imzolandi. Mazkur mablag‘lar, xususan, mamlakatimizda yangi nasos stansiyalarini qurish va mavjudlarini ta’mirlashga ajratiladi. Joriy etiladigan zamonaviy texnologiyalar energiyatejamkor bo‘lib, kam xarajat talab qiladi, samaradorligi juda yuqori. 

Mamlakatimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti xorijlik investorlar e’tiborini jalb qilmoqda. 

Li Szyango, «Sinohydro» kompaniyasi rahbari: 

– O‘zbekistonlik hamkorlarimizning Xitoyga tashrifidan xursandmiz. O‘zbekiston bilan hamkorligimiz jadal rivojlanmoqda. Biz mamlakatingizda gidroenergetika sohasidagi yangi loyihalar bo‘yicha ishlaymiz. Bu o‘zining samaralarini berishiga ishonamiz. 

Ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida o‘zaro manfaatli va serqirra hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

O‘zbekistonda ishlashimiz uchun qulay sharoit yaratilgan. Yurtingizdagi bir nechta gidroelektr stansiyalarni ta’mirlash ishlarida ishtirok etganmiz. O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, «O‘zbekneftgaz», «O‘zbekenergo» kompaniyalari bilan hamkorlik qilib kelmoqdamiz. 

Bugun yana bir qancha yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishdik. 

Ixtiyor Farmonov, Buxoro shahar hokimi: 

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi doirasida Buxoro va Loyan shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlari to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasida rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalarining o‘ziga xos ifodasi bo‘ldi. 

Xitoy bilan O‘zbekistonning serqirra hamkorligi barcha sohalarda yuksak samaralar berib, xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qilmoqda. 

Prezidentimizning davlat tashrifi xalqlarimiz o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va o‘zaro hamkorlik munosabatlarini, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

 
Abu Bakir O‘rozov, O‘zA

Поделиться