O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash – O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishidir

2017-05-13 | Jamiyat

Poytaxtimizda o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Forumining o‘n ikkinchi majlisi ishtirokchilari 13-may kuni Samarqand shahriga keldi. 

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Buyuk Yo‘lboshchimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi. 

Registon maydoni, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi va boshqa tarixiy obidalarga sayohatlar tashkil etildi. Mehmonlarga mazkur maskanlar tarixi, ajdodlarimiz ma’naviy merosi haqida atroflicha ma’lumot berildi. “JV Man Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishuv ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. 

Din Syaosin, Xitoy zamonaviy xalqaro munosabatlar akademiyasi Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i: 

– O‘zbekiston tinchlik va hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat yuritmoqda. Bu dunyoning barcha davlatlari bilan, ularning ichki ishlariga aralashmagan holda, teng manfaatli, o‘zaro ishonch va hurmatga asoslangan aloqalardir. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosat konsepsiyasida bu tamoyillar qat’iy belgilab qo‘yilgan. 

O‘zbekistonning qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasidagi harakatlari diqqatga sazovor. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ilk davlat tashriflari qo‘shni mamlakatlarga amalga oshirilgani ham buning yorqin dalilidir. 

O‘zbekiston Prezidenti shu kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida davlat tashrifi bilan bo‘lib turgani O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarida yangi davrni boshlab beradi. Davlat rahbarlari imzolagan Qo‘shma bayonot, qator shartnoma va boshqa hujjatlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash va kengaytirishga xizmat qiladi. 

Samarqand –  g‘oyat go‘zal va maftunkor shahar. Bu yerda o‘tmish va bugun, tarix va zamonaviylik o‘ziga xos ajib uyg‘unlik kasb etgan. Qadimiy obidalar, bir-biridan muhtasham zamonaviy binolar, keng va ravon yo‘llar, yam-yashil bog‘-rog‘lar har qanday kishini maftun etadi. 

Tamara Guzenkova, Rossiya strategik tadqiqotlar instituti direktorining o‘rinbosari: 

– Bugungi globallashuv davrida hech bir davlat boshqa davlatlar bilan faol va samarali tashqi siyosat yuritmay barqaror va muvaffaqiyatli ichki siyosat olib borishi qiyin. O‘zbekistonda ichki va tashqi siyosat uzviy, bir-birini to‘ldirgan holda olib borilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan g‘oya va tashabbuslar, 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, boshqa davlatlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy aloqalarni yanada mustahkamlashga keng yo‘l ochmoqda. O‘zbekistonning ShHTga a’zo davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratayotgani e’tiborga sazovor. 

Bugun O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi, neft-gaz, avtomobilsozlik, zamonaviy elektrotexnika, yengil sanoat va boshqa sohalarda barqaror rivojlanish sur’atlari yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Samarali va ko‘p tomonlama tashqi siyosat mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish, iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishning muhim omili bo‘lmoqda. 

Sanat Kushkumbayev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari: 

– “JV Man Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasi faoliyati O‘zbekiston sanoati taraqqiyotini yaqqol ifodalaydi. Ushbu zavod bilan tanishib, davlatlarimiz o‘rtasida avtomobilsozlik sohasida hamkorlik, ya’ni Qozog‘istonda O‘zbekiston avtomobillarini yig‘ish ishlari yo‘lga qo‘yilayotgani bejiz emasligini angladim. 

Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar yangi bosqichda davom etayotganini alohida ta’kidlashni istardim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qozog‘istonga tashrif buyurgani va ikki davlat rahbarlarining mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalarda hamkorlikni kengaytirishga intilayotgani nafaqat qardosh xalqlarimiz, balki butun mintaqa davlatlari manfaatlariga xizmat qiladi. Toshkentda o‘tgan forum bu hamkorlik aloqalarini ShHT doirasida rivojlantirish va ko‘lamini kengaytirish yuzasidan o‘zaro fikr almashish imkonini berdi. 

 
G‘olib Hasanov, O‘zA 

Поделиться