O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezidentimiz Xitoy Bosh vaziri bilan uchrashdi
2017-05-13 | Siyosat
Pekin, 13-may. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Ketsyan bilan uchrashdi.
Bosh vazir Prezidentimizning tashrifi davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o‘zaro strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Xitoy bilan do‘stlik aloqalarini qadrlashini, mamlakatlarimizning o‘zaro hamkorligi izchil rivojlanib borayotgani xalqlarimiz manfaatlariga mos ekanini ta’kidladi.
Davlatimiz rahbarining Xitoyga davlat tashrifi davomida 100 dan ortiq hujjat imzolandi. Bu ko‘p yillik savdo-iqtisodiy munosabatlar, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida barcha sohalardagi aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi.
Tashrif davomidagi uchrashuvlar ko‘p qirrali munosabatlar ko‘lamini kengaytirish, o‘zaro aloqalarning hozirgi holatini har tomonlama tahlil etish va istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish uchun qulay imkoniyat yaratdi.