O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev Pekindagi Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gul qo‘ydi

2017-05-13 | Siyosat

Pekin, 13-may. O‘zA maxsus muxbiri Abu Bakir O‘rozov xabar qiladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrining Tyananmen maydonidagi Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gul qo‘ydi. 

Mazkur Xalq qahramonlari yodgorligi Xitoy xalqining XIX-XX asrlardagi kurashlarda qurbon bo‘lgan farzandlari xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Xitoyliklarning 1840-1949-yillarda ro‘y bergan tarixiy voqealardagi kurashlari oq marmardan ishlangan sakkizta barelefda aks ettirilgan. Yodgorlik 1952-1958-yillarda qurilgan. Uning balandligi 37,94 metr, maydoni 3 ming kvadrat metr. Monumentga Mao Szedunning «Xalq qahramonlariga abadiy shon-sharaflar bo‘lsin!» degan so‘zlari yozilgan. 

Shavkat Mirziyoyev Xitoy xalq qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.  

Поделиться