O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fermerlarga lizing asosida texnika va agregatlar yetkazib berish kengayadi

2017-05-12 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati matbuot anjumani o‘tkazdi.

"O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N.Otajonov va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-noyabrdagi "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarni rivojlantirish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiyalash, mashina-traktor parklari amalga oshirayotgan agrotexnika ishlari ko‘lamini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini qayd etdi. 

Tizim korxonalarida 2017-yilning birinchi choragida ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 183,2 foizga yetkazilgan. Xususan, «O‘zagrotexmash» aksiyadorlik jamiyati korxonalarida 2 ming 600 turli qishloq xo‘jalik texnikasi va agregatlari ishlab chiqarildi. "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati esa 2 ming 380 dona texnika va agregatni lizing asosida yetkazib berdi. 

"O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati Belarus, Janubiy Koreya, Fransiya va boshqa davlatlar tadbirkorlari bilan hamkorlikda qo‘shma korxonalar tashkil etib, 30 dan ortiq turdagi yangi texnika vositalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni mo‘ljallamoqda. Mutaxassislarning ma’lum qilishicha, bu jarayonda yem-xashak o‘rish, qadoqlash, ozuqani joyida maydalab, tarqatish texnikalari, dukkakli va sabzavot ekinlarini ekish, yig‘ish agregatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

 

Sayyora Shoyeva, O‘zA 

Поделиться