O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
YXHTning Nizolarni oldini olish bo‘yicha markazi direktori bilan uchrashuv
2017-05-12 | Siyosat
2017-yilning 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Nizolarni oldini olish bo‘yicha markazi direktori Marsel Peshko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, mintaqa muammolari va boshqa mavzular tashkilot kun tartibi nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.
Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida hamkorlikni mustahkamlash va yanada chuqurlashtirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi e’tirof etildi.
Uchrashuvda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordiatori Jon MakGregor ishtirok etdi.