O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Mehnat vazirligida Rossiyaning mehnat migrantlariga xuquqiy yordam ko‘rsatish assotsiatsiyasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2017-05-12 | Jamiyat

2017 yil 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligida Rossiyaning mehnat migrantlariga xuquqiy yordam ko‘rsatish Uyushmasi vitse-prezidenti Yu.Slutskaya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari vazifasini bajaruvchi X.Asamov va Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda Mehnat vaziri A.Abduxakimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning joriy yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga qilgan rasmiy safari chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada vaqtinchalik mehnat qilishga uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuv” va “O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida migratsiya sohasida mutasaddi organlar vakolatxonalarini ta’sis etish bo‘yicha kelishuv” imzolanganligini qayd etdi.

Mehnat vaziri mazkur kelishuvda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikning asosiy tamoyillari aks ettirilganligi va xozirda kelishuvlar mexanizmlarini amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar olib borilayotganligini ta’kidladi.

Xususan, bugungi uchrashuvning maqsadi ham mehnat migrantlari xuquqlari va manfaatlarini himoya qilishning mustahkam mehanizmini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuvda Rossiyaning mehnat migrantlariga xuquqiy yordam ko‘rsatish Uyushmasi vitse-prezidenti Yu.Slutskaya ishtirokchilarni Uyushmasining faoliyati bilan tanishtirdi va mehnat migrantlarini yollash sohasidagi imkoniyatlarini bayon qildi.

Uyushma Rossiyada ehtiyoj bo‘lgan 3 mingga yaqin qurilish sohasidagi mutaxassislar – g‘isht teruvchi, betonchi, payvandlash mutaxassislari, bo‘yoqchi, chilangar, elektr mutaxassislari, shuningdek avtobus, tramvay/trolleybus, taksi va yuk mashinasi haydovchilarini tez orada ishga joylashtirish imkoniyatiga ega. Uyushmada mehnat migrantlarini xuquqiy va axborot jihatidan qo‘llab-quvvatlovchi mutaxassislar hamda ular xuquqlarini himoya qilish uchun yuqori malakali xuquqshunoslar faoliyat olib borayotganligi qayd etildi.

Shuningdek, Yu.Slutskaya Uyushmaning Farg‘ona shahrida Markazini ochish va mehnat migrantlariga patent olish uchun xujjatlarni tayyorlash (rus tili bilimi bo‘yicha sertifikat olish, hujjatlarni notarial tasdiqlash, Davlat tibbiy sug‘urtasi polisini rasmiylashtirish, daktiloskopiya, INN, Rossiya hududiga kirishga ta’qiq bor-yo‘qligini tekshirish va boshqalar) to‘g‘risidagi rejalari xaqida ishtirokchilarga ma’lumot berdi.

Mehmonning tashrif dasturida Tashqi mehnat mirgatsiyasi masalalari Agentligida uchrashuv o‘tkazish, Toshkent shahri va Farg‘ona viloyatiga bir qator kasb-hunar kollejlarini tashrif qilish rejalashtirilgan.

Поделиться