O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Deputat saylandi
2017-05-11 | Jamiyat
Viloyat saylov komissiyasi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 44-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga bo‘shab qolgan 9-Mirzacho‘l saylov okrugida 2017 yil 30 aprel kuni deputat saylovi bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
Taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq, saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 85,5 foiz saylovchi ishtirok etdi. 7420 nafar saylovchi munosib nomzodlarga ovoz berdi.
Demokratiya tamoyillari asosida tashkil etilgan saylovda 4 ta siyosiy partiya nomzodlari faol ishtirok etishdi. Saylov yakuniga ko‘ra – Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan Sirdaryo viloyati Kengashiga nomzod etib ko‘rsatilgan – Kurmanov Alisher Anvarovich saylovchilarning 71,4 foiz ovozini olib 9-Mirzacho‘l saylov okrugidan xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashiga deputat etib saylandi.