O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Germaniyalik siyosatchi Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi va O'zbekistonlik tibbiyot xodimlariga minnatdorlik bildirdi

2017-05-11 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Saksoniya federal yeri (GFR) parlamenti raisi, doktor Mattias Ryosslerdan maktub keldi. U siyosiy masalalar, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha ekspert sifatida O‘zbekistonga bir necha marotaba tashrif buyurgan.

O‘zbekiston–Germaniya hamkorligini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun mamlakatga navbatdagi tashrifi doirasida Shahrisabz shahrida Navro‘z ayyomini nishonlash tadbirlarida siyosatchining tobi qochib qoldi. Qashqadaryo viloyati tibbiyot sohasi vakillari bemorga malakali tibbiy yordam ko‘rsatdi. Mattias Ryosslerning yozishicha, u «Shahrisabzdan Samarqandgacha, Samarqand orqali Toshkentgacha bo‘lgan yo‘lda samimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik og‘ushida» bo‘lgan. Mehmon Toshkentdagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida o‘z sog‘lig‘ini tikladi. Siyosatchi ushbu markazdagi «Nafaqat yuqori sifatli davolash amaliyotlarini, balki butun tibbiyot xodimlarining o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashgani hamda chin yurakdan yordam berishgani»ni e’tirof etgan.

M. Ryossler o‘zining minnatdorlik maktubida shunga ishonch bildirganki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan dasturilamal hujjat — Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Nemis siyosatchisi mamlakatda turizmni rivojlantirish, O‘zbekistonning buyuk madaniy merosini asrab-avaylash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ham yuksak baho berdi.

«O‘zbekiston Markaziy Osiyoda butun mintaqaga, vaziyatga ta’sir ko‘rsatadigan muhim davlat hisoblanadi», — dedi u.

M. Ryossler maktub xotimasida O‘zbekiston Prezidenti devoni xodimlariga, O‘zEOAVMA rahbariyatiga, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimiyatlariga, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga ko‘rsatilgan yordam, samimiy g‘amxo‘rlik hamda yuqori malakali tibbiy xizmat uchun minnatdorlik bildirgan. U o‘zi uchun qiyin bir sharoitda ko‘rsatilgan yordam mamlakatga nisbatan iliq taassurotlarni, minnatdorlik tuyg‘usini uyg‘otishini qayd etgan.

«Hurmatli janob Prezident, — deb yozadi siyosatchi. — Siz orqali murakkab vaziyatda menga yordam bergan barchaga o‘z minnatdorligimni bildirishga ijozat bergaysiz».

M. Ryossler ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilab, ikki mamlakat o‘rtasida do‘stona aloqalarni yanada kengaytirish uchun barcha sa’y-harakatini yo‘naltirishini ma’lum qildi.

Поделиться