O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Shavkat Mirziyoyev tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

2017-05-11 | Jamiyat

Tibbiy ta’lim sohasidagi vakolatli organ sifatida Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilandi, unga quyidagi vazifalar qo‘shimcha ravishda yuklatildi:

  • oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ta’limi, malaka oshirish uchun davlat ta’lim standartlari va talablarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
  • sog‘liqni saqlash mutaxassislarini qayta tayyorlash, shuningdek, oliy malakali ilmiy-pedagogik tibbiy kadrlarni tayyorlash;
  • ta’lim davrida tarmoqli va ixtisoslashgan fanlar, klinik o‘quv amaliyoti bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini kengaytirish hisobiga, tibbiy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarining nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish;
  • tibbiyotni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga professor-o‘qituvchilarni, bakalavriat va magistratura talabalarini keng jalb qilish.

Hujjat oliy malakali tibbiy kadrlarni magistraturada tor mutaxassisliklar bo‘yicha 2—3 yillik ta’lim davomida tayyorlashni, klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha 2 yillik ta’lim davomida malaka oshirish va qayta tayyorlashni ko‘zda tutadi.

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bloklar bo‘yicha o‘quv soatlarini jami o‘quv vaqtining 7 foizigacha qisqartirish hisobiga, klinikagacha bo‘lgan va klinik bloklar bo‘yicha o‘quv soatlarini jami o‘quv vaqtining 85 foizigacha yetkazish rejalashtirilgan.

Поделиться