O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Chust tumanida 12 juft kelin-kuyovning nikoh to‘yi nishonlandi

2017-05-11 | Jamiyat

Namangan viloyati Chust tumanidagi “Parizod” tantanalar majmuasida To‘raqo‘rg‘on, Pop, Chust tumanlaridan 12 juft kelin-kuyovning nikoh to‘yi tantanali nishonlandi.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida “Prezident e’tibori – muruvvat tadbirlarida” shiori ostida o‘tkazilgan tantanada Prezidentimiz rahnamoligida inson manfaatlarini himoya qilish, xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish, ayniqsa, aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. 

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan “Captiva” mashinalarida kelgan kelin-kuyovlarni majmua xiyobonida to‘plangan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, faxriylar, yoshlar va oila qurayotganlarning ota-onalari, qavm-qarindoshlari karnay-surnay sadolari ostida kutib oldi. 

– Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan bunday to‘ylar milliy qadriyatlarimiz bardavomligini, xalqimizga xos hamjihatlik, mehr-oqibat va bag‘rikenglik fazilatlarini namoyon etmoqda, – deydi “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi I.Najmiddinov. – Mehr-muruvvatdan yaralayotgan yangi oilalar ota-bobolarmizdan meros ezgu fazilatlarni ulug‘lashi, ahil va totuv oila qurib, Vatanimizga va xalqimizga munosib farzandlar tarbiyalashiga ishonamiz. 

Mahalliy hokimliklar, davlat va jamoat tashkilotlari ko‘magida oila qurayotgan yoshlarga uy-joylarini ta’mirlash, tibbiy ko‘rikdan o‘tish va nikohni rasmiylashtirishda imtiyozlar berilayotganidan kelin-kuyovlar va ularning yaqinlari g‘oyat mamnun. 

– O‘g‘lim Sunnatilla otadan yetim qolganida 12 yoshda edi, – deydi chustlik R.To‘xtayeva. – Taqdir ekan, 4 bolani o‘zim katta qildim. Qiynalgan vaqtlarimda qarindosh-urug‘, mahalla-ko‘y yordam berdi. Bugun Prezidentimizning g‘amxo‘rligidan, viloyatimiz rahbarlari, saxovatli homiylarning mehr-muruvvatidan bahramand bo‘lib turibmiz. Birinchi o‘g‘limning to‘yi bunday katta tantana bilan o‘tishini orzu ham qilmagandim. Davlatimiz rahbaridan, hukumatimizdan, bu xayrli ishga bosh qo‘shgan barcha saxovatli insonlardan bir umr minnatdorman. 

To‘y marosimida kelin-kuyovlarga yangi oilaning hujjati – nikoh guvohnomasi, Prezidentimiz sovg‘asi – mebellar to‘plami va maishiy texnika jihozlari tantanali ravishda topshirildi. 

To‘yxona poytaxtdan kelgan taniqli san’atkorlar va yosh xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar bilan zavqu shavqqa to‘ldi. 

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi. 

 
Akramjon Sattorov, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA

Поделиться