O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Eron Tashqi ishlar vaziriga maktub
2017-05-11 | Siyosat
Eron Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Janobi oliyalari
Janobi oliyalari,
O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan Sizga samimiy tabriklarimni yo‘llashdan bag‘oyat mamnunman.
O‘tgan chorak asr mobaynida ikki mamlakat orasida azaliy tarixiy va madaniy yaqinlik, tenglik va do‘stlikka asoslangan keng miqyosli va izchil rivojlanib borayotgan hamkorlik aloqalari o‘rnatilganini alohida qayd etmoqchiman.
So‘nggi vaqtda bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama delegatsiyalar almashuvi o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorligimiz istiqbollarini belgilab olishda muhim qadam bo‘ldi. Ishonchim komilki, joriy yilda o‘tkazilishi mo‘ljallangan ikkiyoqlama tadbirlar aloqalarimiz rivojiga katta hissa qo‘shadi.
Ushbu fursatdan foydalanib, Sizga mustahkam sog‘lik va baxt-saodat, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
Ehtirom ila,
Abdulaziz Kamilov,
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri