O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zayd Raad al-Husayn: O‘zbekistonga kelganimdan mamnunman

2017-05-10 | Siyosat

Mamlakatimizda inson huquq va manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq qonun ustuvorligini mustahkamlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. 

O‘zbekiston bilan BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurgani tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanining ifodasidir. 

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn dastlabki uchrashuvlar haqida o‘z fikrlarini bayon etdi: 

– Toshkentga kelganimdan juda xursandman. Bu BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining O‘zbekistonga birinchi tashrifi ekanini alohida ta’kidlamoqchiman. 

Delegatsiyamiz O‘zbekistonning qator vazirlik va idoralarida uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar qiziqarli va samarali bo‘ldi. Ko‘plab dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdik. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv men uchun katta sharaf bo‘ldi. Suhbat konstruktiv ruhda o‘tdi va juda samarali bo‘ldi. 

Поделиться