O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston rahbari Fransiyaning yangi saylangan Prezidentini tabrikladi
2017-05-08 | Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronni bo‘lib o‘tgan saylovlardagi ishonchli g‘alabasi va Fransiya Respublikasi Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
Davlatimiz rahbari maktubda E.Makronning “ushbu yuqori va mas’uliyatli lavozimdagi faoliyati o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va ishonch tamoyillariga asoslangan an’anaviy va sermahsul O‘zbekiston-Fransiya hamkorligini yanada rivojlantirishga yo‘naltiriladi”, – deb ishonch bildirdi.
Shavkat Mirziyoyev yangi saylangan Prezidentga mustahkam sog‘lik va ulkan zafarlar, do‘st Fransiya xalqiga esa xotirjamlik va farovonlik tiladi.