O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Taraqqiyotimizning muhim omili

2015-03-06 | Jamiyat

Toshkentda korporativ boshqaruvni takomillashtirish va davlat mulki ulushi mavjud korxonalarni xususiylashtirish masalasiga bag'ishlangan xalqaro davra suhbati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi tomonidan Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining mamlakatimizdagi vakolatxonalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda manfaatdor vazirlik, idora, tashkilot va kompaniyalar vakillari, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

O'zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Davron Hidoyatov, Jahon bankining Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Saroj Kumar Ja va boshqalar O'zbekistonda istiqlolning dastlabki yillaridan davlat mulkini xususiylashtirish borasida amalga oshirib kelinayotgan vazifalar iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishda muhim omil bo'layotganini ta'kidladi. Bugungi kunda iqtisodiyotning qishloq xo'jaligi, savdo kabi ko'plab tarmoqlari va barcha xizmat turlari xususiy mulk sohasiga to'liq berilgan. Xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarayotgan to'qimachilik, trikotaj, charm-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika va mebel sanoati, shuningdek, uy-joy sektorida davlat mulki ulushi keskin kamaytirildi.

Mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisida iqtisodiyotimizda davlat ishtirokini qisqartirish va korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip hamda yondashuvlarni tubdan o'zgartirish muhimligi alohida ta'kidlandi.

Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasi belgilangan vazifalardan kelib chiqib, bu boradagi ilg'or xorijiy tajribani o'rganish ishlarini yanada kengaytirmoqda. Ayni paytda korporativ boshqaruv tizimidagi prinsip va yondashuvlarni tubdan o'zgartirish borasida korporativ menejmentning zamonaviy uslublarini joriy qilish, boshqaruv xodimlarining kasb mahorati va salohiyatini oshirish, yuqori malakali chet ellik menejerlarni jalb etish, xususiy mulk, minoritar aksiyadorlarning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirish, korxonalar faoliyatining strategik yo'nalishlarini belgilashda ularning rolini oshirishni ko'zda tutadigan dasturiy chora-tadbirlar ishlab chiqilayotir.

Shu bilan birga, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida davlat ishtirokini tubdan qisqartirishni nazarda tutadigan 2015-2016-yillarda davlat mulkini xususiylashtirish bo'yicha dastur ham ishlab chiqilmoqda.

– Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektor rivojlanishini rag'batlantirish dunyoning aksariyat davlatlarida dolzarb vazifadir, – deydi Vena moliyaviy hisobdorlik tizimini isloh qilish markazi rahbari Anri Fortin. – O'zbekistonda davlat mulkini xususiylashtirish bo'yicha puxta o'ylangan strategiyaning amalga oshirilayotgani va menejerlarning puxta bilimga ega ekani ushbu jarayonlar muvaffaqiyatini ta'minlashda muhim omil bo'lmoqda.

Xalqaro ekspertlar mamlakatimiz iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushini oshirish, fermerlik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash bo'yicha hayotga tatbiq etilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholab, O'zbekiston ulkan investitsiya salohiyatiga ega ekanini ta'kidladi. BMTning bahosiga ko'ra, O'zbekiston biznesni yuritishni yengillashtirish sohasida olib borilayotgan islohotlar ko'lami bo'yicha jahondagi dastlabki o'nta davlat qatoridan o'rin olgani ham buni yaqqol tasdiqlaydi.

Davra suhbatida davlat mulki ulushi mavjud korxonalarni boshqarishni va ushbu sohadagi xalqaro standartlarni takomillashtirish masalasi ham muhokama etildi. Tadbir ishtirokchilari Janubiy Koreya, Germaniya va Malayziyaning korporativ boshqaruvni takomillashtirishga doir tajribasi bilan tanishtirildi.

Поделиться