O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi guruhlarining uchrashuviga doir

2017-05-06 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 6-7-mart kunlari Turkmanistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston-Turkmaniston Davlat chegarasini huquqiy rasmiylashtirish bo‘yicha muzokaralar jadal tus oldi.

2017-yilning 1-5-may kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo qo‘shma komissiya ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra Bayonot imzolandi va 2017-yil uchun dala tekshiruv ishlari rejasi kelishib olindi.

Muzokaralar do‘stona va hamjihatlik muhitida o‘tdi.

Поделиться