O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saudiya Arabistoni Elchisi bilan uchrashuv

2017-05-02 | Siyosat

2017-yilning 2-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Saudiya Arabistoni Podshohligining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Xishom bin Mish’al bin Suvaylim al-Suvaylim bilan uchrashdi.

Vazir Elchining ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilib oldi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida ikki tomon munosabatlarining, jumladan BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doiralaridagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Turli jabhalardagi O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni aloqalaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari mamnuniyat bilan qayd etildi hamda savdo-iqtisodiy, investitsion va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatdagi ayrim masalalar ham muhokama qilindi.

Поделиться