O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Natijalar, rejalar

2017-05-02 | Jamiyat

Viloyat hokimligining katta majlislar zalida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017 yil 1-chorak yakunlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni 2-chorakda bartaraf etish bo‘yicha choralar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 7 avgustdagi “2015-2017 yillarda Sirdaryo viloyatining sanoat salohiyatini yanada rivojlantirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatish va ekoturizm obyektlarini barpo etish dasturi to‘g‘risida”gi 233-sonli qarori ijrosi yuzasidan ko‘rilayotgan choralar natijadorligi masalalarini muhokama etishga bag‘ishlangan selektor-yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat hokimligining guruh rahbarlari va kotibiyati mudirlari, viloyat xuquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, tegishli boshqarmalar va tashkilotlar, viloyat tijorat banklari rahbarlari, ommaviy-axborot vositalari vakillari, tuman va shahar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev kirish so‘zi bilan ochdi va boshqarib bordi.

U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 14 yanvarda Vazirlar Mahkamasi majlisida belgilab berilgan vazifalar va topshiriqlarning bajarilishi natijadorligi hamda ular so‘zsiz amalga oshirilishi uchun rahbarlarning shaxsiy javobgarligi choralari to‘g‘risida gapirdi.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Murodillo Eshmatov kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.

Yig‘ilishda viloyatni rivojlantirishning asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlari, tarmoqlar va hududlarni yanada kompleks rivojlantirish, ishlab chiqarish korxonalari va mintaqalarning eksport salohiyatini rivojlantirish, xususiy mulk va tadbirkorlikning roli va ahamiyatini kuchaytirish, aholining daromadlari va turmush darajasini yanada oshirishga qaratilgan dasturiy choralar har tomonlama va mufassal ko‘rib chiqildi.

Qayd etib o‘tildiki, O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tizimli amalga oshirish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimi joriy etilishi, shuningdek, respublikaning barcha hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari faoliyat ko‘rsatishi “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan olijanob g‘oyaning hayotga izchil va samarali joriy etilishini ta’minladi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 14 yanvardagi respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida o‘tgan 1-chorak davomida viloyatimiz iqtisodiyotida ham bir qancha ijobiy natijalarga erishildi.

Jumladan, asosiy sohalarda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarning ta’minlanishi va iqtisodiyot tizimida yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida 2017 yil 1-choragida viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi 822 mlrd. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 106 foizga o‘sishga erishildi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmi 1 million 22 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 4 foizga o‘sishga erishildi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 105,8 foizni, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 105,7 foizni, qurilish-pudrat ishlari 110,9 foizni, chakana tovar aylanmasi 112,8 foizni, jami xizmatlar hajmi 110,8 foizni, xududiy eksport xajmi 8,1 mln. dollarni tashkil etib, 104,7 foizga ta’minlandi.

Natijada, yalpi hududiy mahsulot hajmida sanoatning ulushi 39,1 foizni tashkil etib, kichik biznesning ulushi 55,6 foizga, xizmatlar ulushi esa 48 foizga yetdi.

Hisobot davrida mahalliy byudjetga 131,7 mlrd. so‘m tushumlar ta’minlandi. Belgilangan prognozga nisbatan 16,7 mlrd. so‘m ko‘p mablag‘ tushirildi va prognoz 114,5 foizga bajarildi.

2017 yilning o‘tgan davrida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda kamchilik va xatolarga ham yo‘l qo‘yildi hamda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanilmadi. Hisobot davrida belgilangan prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan viloyat bo‘yicha 3 ta asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bajarilmay qoldi. Jumladan, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 2,7 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 0,7 foizga hamda jami xizmatlar xajmi 2 foizga bajarilmadi.

Joriy yilning 1-yarim yilligida yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmini 106,5 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 108,5 foizga, yalpi qishloq xo‘jaligi mahsuloti hajmini 106,4 foizga, qurilish-pudrat ishlari hajmini 108,9 foizga, chakana tovar aylanmasi hajmini 110,2 foizga yetkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishi darkor.

Yig‘ilishda viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i Anvar Karimov hududiy moliya-byudjet rejalashtirishni takomillashtirish, mahalliy byudjetlarning daromad qismini kengaytirish, tumanlar, shaharlar va viloyatlarning subvensiyaga qaramligini qisqartirish mavzusida, Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Anorboyev iqtisodiyot tarmoqlarini va tadbirkorlikni rivojlantirishda bank tizimining ulushini kengaytirish va ko‘paytirish to‘g‘risidagi masalalar xususida gapirdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Yangiyer shahar hokimi Isroil Qudratov, Sardoba tumani hokimi Shukurullo Tursunov, Sirdaryo tumani hokimi Sobirjon Nazarovlar mazkur masalalar yuzasidan fikr, mulohaza va takliflarini bildirdilar.

Viloyat hokimi o‘rinbosari G‘ayrat Suleymonov yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal ishga tushirish, shuningdek qishloq joylarda arzon uy-joylar va shaharlarda ko‘p kvartirali uylar qurish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi masalasiga to‘xtaldi. Viloyat arxitektura va qurilish boshqarmasi boshlig‘i Farhod Xoligitov, viloyat yagona buyurtmachi injiniring kompaniyasi raisi Alisher Sangirov, Sirdaryo avtoyo‘l boshqarmasi raisi Zafar Suvonovlar shu masala bo‘yicha muzokaraga chiqdilar.

Viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Dilfuza O‘ralova xotin-qizlar va yoshlar, notinch oilalar bilan ishlash, ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalar bo‘yicha yuklangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlar samaradorligini ta’minlash masalasiga to‘xtaldi. Viloyat “Mahalla” fondi raisi Ikrom Norboyev, Sayxunobod tumani hokimi Nosir Egamberdiyev, Shirin shahar hokimi Ilhom Begaliyevlarning chiqishlari tadbir ishtirokchilarini befarq qoldirmadi.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Поделиться