O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bokschilarimiz chempionatni g‘alaba bilan boshladi

2017-05-02 | Sport

Poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida bokschilarimiz dastlabki janglarini o‘tkazdi.

Chempionatda 52 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Jasurbek Latipov pokistonlik Said Asifni, vazni 64 kilogramm bo‘lgan Iqboljon Xoldorov esa hindistonlik Ashishni mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichga yo‘l oldi. 

56 kilogramm vazn toifasida qatnashayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari sovrindori Murodjon Ahmadaliyev turkmanistonlik Shodlikmurod Murodovni dastlabki raundda texnik nokautga uchratdi. 

– Chempionatni g‘alaba bilan boshlaganimdan xursandmiz, – deydi M.Ahmadaliyev. – Mazkur musobaqaga murabbiylarimiz qo‘l ostida uzoq muddat tayyorgarlik ko‘rdik. Maqsadimiz chempionatda muvaffaqiyatli ishtirok etib, jahon chempionatiga yo‘llanma olishdir. 

 
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Поделиться