O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xodimlar mehnat muhofazasi doimiy e’tiborda

2017-05-01 | Jamiyat

Poytaxtimizda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan 28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Mehnat vazirligi, «Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspeksiyasi, Sanitariya, gigigena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti mutasaddilari, ish beruvchilar birlashmalari, korxona va tashkilotlarning mehnat muhofazasi bo‘yicha mutaxassislari, Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha byurosi ekspertlari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Yo.Umarov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi o‘rinbosari B.Mahmadaliyev, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi A.Ikromov, Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha byurosi bosh mutaxassisi Gocha Aleksandria va boshqalar O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat samarasida fuqarolar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratilgani, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari, salomatligi va huquqlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Tadbirda turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda davlat, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar va nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish, mehnat muhofazasiga doir qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish kabi masalalar atroflicha muhokama etildi. 

– Korxonamiz ishchilarining samarali mehnat qilishi, ular mehnatini muhofazalashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda, – deydi “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi sanoat xavfsizligi tizimini boshqarish va mehnatni muhofazalash bo‘limi boshlig‘i Mirzoakbar Hakimov. – Xodimlarimiz bir yilda ikki marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur hollarda salomatligini tiklash uchun shifo maskanlari, sihatgohlarga yuboriladi. Bu esa xodimlar o‘rtasida kasb kasalliklari kamayishi, ish samaradorligini oshirishga zamin bo‘lmoqda. Hamkor tashkilotlar bilan ishchilarni kasb kasalliklari, turli jarohatlardan asrash maqsadida ijtimoiy sug‘urtalash ishlari bajarildi. 

Tadbirda mehnatni muhofaza qilish sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayogan turli tashkilotlar mutaxassislari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan rag‘batlantirildi. 

 
Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Поделиться