O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yaponiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv

2017-05-01 | Siyosat

2017-yilning 30-aprel kuni “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining oltinchi kengashi ishida qatnashish uchun Turkmanistonga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ashxobod shahrida Yaponiya Tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat davomida davlatlararo munosabatlarning, jumladan “Markaziy Osiyo + Yaponiya” Muloqoti shaklidagi aloqalarning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar turli sohalardagi o‘zaro manfaatli strategik hamkorlikni chuqurlashtirish, uning tarkibini amaliy boyitish, jumladan yetakchi yapon kompaniyalarini O‘zbekiston iqtisodiyotining istiqbolli sektorlariga jalb qilish va yuqori texnologiyali qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish evaziga to‘ldirishga ikki davlatda ham qiziqish mavjudligini tasdiqlashdi.

Uchrashuvda ba’zi xalqaro va mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.

Turli darajalarda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Yaponiya uchrashuvlarining jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.

Поделиться