O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Prezidentimiz nomidan faxriylarga avtomobillar topshirildi
2017-04-28 | Jamiyat
Namangan viloyati Pop tumani Chodak qishlog‘ida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sobitxon ota Obidov bu yil 92 bahorni qarshi oldi.
Viloyat hokimligi, qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan faxriylarimiz qatori Sobitxon otaga Prezidentimiz nomidan pul mukofoti, maxsus sertifikat asosida olingan “Damas” avtomashinasi, sovg‘a-salomlar topshirildi.
–Urush xalqimiz qalbida og‘ir jarohat izlarini qoldirdi, - deydi Sobitxon ota. – Ne-ne yigitlar tinchlik uchun jon fido qildi. Yaratganga shukr, bugun yurtimiz tinch, xalqimiz osoyishta. Ayniqsa, biz, keksalarga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikdan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarilmoqda.
Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ushbu tumanning Hamid Olimjon nomidagi mahallasida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qurbonali ota Xolmatov xonadonida ham bo‘lib, otaxonni bayram bilan qutladilar. Imtiyozli sertifikat asosida xarid qilingan zamonaviy avtomobil egasiga topshirildi.
Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA