O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nigina va Sanjar finalda

2017-04-28 | Sport

Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilayotgan turnirda Nigina Abduraimova hamda Sanjar Fayziyev muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

N.Abduraimova yakkalik bahslari chorak finalida rossiyalik Olesya Pervushinani mag‘lubiyatga uchratdi va final yo‘llanmasi uchun ukrainalik Olga Yanchukga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi. 

Turnirning erkaklar o‘rtasidagi chorak final o‘yinida S.Fayziyev qozog‘istonlik Dmitriy Popko bilan kuch sinashdi. Qiziqarli bahslarga boy o‘tgan uchrashuvning birinchi setini 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan Sanjar ikkinchi setda tay-brekda zafar quchdi. Endi tennischimiz yarim finalda estoniyalik Vladimir Ivanov bilan kuch sinashadi. 

Juftlik bahslari finalida Nigina Abduraimova chernogoriyalik Ana Veselinovich bilan rossiyalik Olga Doroshina va Polina Monova bilan raqobatlashsa, Sanjar Fayziyev va qozog‘istonlik Temur Xabibulin tandemi hindistonlik Shriram Balaji va Vishnu Vardanga qarshi kortga chiqadi. 

 
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA 

Поделиться